Standart hisobingiz:
Oddiy, shaffof va kuchli

Ishonch bilan savdo qiling, nol komissiya va raqobatbardosh spredlardan foydalaning – bularning
barchasi bozorlarda muvaffaqiyatga erishishingizga yordam beradi.

Standart hisob sizga mos keladimi?

Quyidagi holatlarda ushbu hisobni tanlang:

  • Komissiyasiz, biroz kengroq spredlarga ega savdo tuzilmasini afzal koʻrasiz.
  • Foreks, indekslar va tovarlarni oʻz ichiga olgan koʻplab aktiv toifalari bilan savdo qilasiz.
  • Bozorlarga arzon narxli tuzilma bilan kirishning oddiy, muammosiz usulini xohlaysiz.
  • MT4/MT5 mutaxassis maslahatchilari (EAlar) yordamida avtomatik savdo strategiyalaridan foydalanasiz.

Agar siz kutilmagan xarajatlarsiz
boshqarish oson boʻlgan
savdo tajribasini izlayotgan boʻlsangiz, unda
Standart hisob sizga juda mos kelishi mumkin.

Ko‘p beriladigan savollar (KBS)

Standart hisob nima?

Standart hisob – bu qiymati qatʼiy belgilangan yoki oʻzgaruvchan spredlarni taklif qiluvchi, savdolar uchun komissiya olinmaydigan va aksariyat treyderlarga mos keladigan foreks savdo hisobining bir turi.

Standart va raw hisob oʻrtasida qanday farqlar bor?

Standart hisob kattaroq spredlarga ega, ammo komissiya yoʻq, raw hisob esa har bir savdo uchun komissiya bilan kichikroq spredlarni taklif qiladi. Shu sababli u skalperlar va yuqori chastotali treyderlar uchun ideal tanlov hisoblanadi.

Foreks savdosini nimadan boshlash kerak?

Oʻrganishdan boshlang: bozor asoslari, xavflarni boshqarish va savdo strategiyalarini oʻrganib chiqing. Keyin demo hisob oching va haqiqiy pul bilan savdo qilishdan oldin mashq qiling.

Foreks hisobini qanday ochish mumkin?

Foreks hisobini ochish uchun broker tanlang, roʻyxatdan oʻtish jarayonini yakunlang, shaxsingizni tasdiqlang, mablagʻ qoʻying va savdoni boshlang.

Standart hisob Raw hisobga nisbatan qanday farqlarga ega?

Standart hisobda komissiya yoʻq va spredlar 1,6 punktdan boshlanadi, Raw hisob esa 0,2 punktdan boshlanuvchi kichikroq spredlarni taklif etadi va har bir savdo qilingan lot uchun komissiya undiriladi.

Avtomatlashtirilgan savdo strategiyalaridan foydalansam boʻladimi?

Ha, Standart hisobimiz MT4 va MT5 platformalarida mutaxassis maslahatchilarni (Expert Advisor, EA) dastaklaydi. Ular strategiyalaringizga qarab avtomatlashtirilgan savdolarni amalga oshirish imkonini beradi.

Qanday kredit yelkasi taklif etiladi va u qanday ishlaydi?

1:1000 gacha boʻlgan kredit yelkasi bilan savdo qilishingiz mumkin. Bu sizga kichikroq boshlangʻich investitsiya bilan kattaroq pozitsiyalarni nazorat qilish imkonini beradi. Biroq, yuqori kredit yelkasi koʻproq xavfni oʻz ichiga oladi, shuning uchun savdo bitimlarini mas’uliyat bilan boshqarish muhim.

Boshqa hisob turidan Standart hisobga qanday oʻtaman?

Yordam xizmatimizga murojaat qilish orqali osongina oʻtishingiz mumkin. Xodimlar minimal tanaffus bilan butun jarayon davomiga sizga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi.

Bugunoq boshlang

Standart hisobingizni oching va quyidagilarga ega boʻling:

  • Komissiyasiz savdo
  • 1,6 punktdan boshlanuvchi kichik spredlar
  • Xilma-xil instrumentlarga kirish
This site is registered on wpml.org as a development site. Switch to a production site key to remove this banner.