Germaniya DAX 40 indeksi (naqd)
DAX Cash — bu sun’iy moliyaviy instrument bo‘lib, uning narxi Germaniyaning DAX 40 fond indeksi bo‘yicha muddati eng yaqin bo‘lgan fyuchers shartnomalarining qiymatlariga asoslanib hisoblanadi. Mazkur indeks esa, o‘z navbatida, Germaniyadagi eng yirik aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining kapitalizatsiya og‘irligiga asoslangan o‘rtacha qiymati sifatida hisoblanadi. Ushbu instrumentning asosiy afzalliklaridan biri — uning amal qilish muddati cheklanmagan. Ya’ni, har oy tugaydigan instrument emas. Sun’iy instrumentning yana bir afzalligi — bu indeksga bog‘liq CFDlarga nisbatan spredlarning ancha past bo‘lishidir. Mazkur instrumentni qisqa muddatli savdo strategiyalarida ishlatishni tavsiya qilamiz.