Dogecoin
Dogecoin — mashhur Doge internet memidan ilhomlangan ochiq kodli kriptovalyutadir. Litecoindan ajralib chiqqan tizim bo‘lib, 2013-yil 8-dekabrda ishga tushirilgan. Boshqa kriptovalyutalardan farqli o‘laroq, Dogecoinda dastlabki qazib olish davri ancha tez bo‘lgan.
Dogecoin AQSHning Portlend shahridan Billi Markus va Avstraliyaning Sidney shahridan Jekson Palmer tomonidan yaratilgan. Dastlab, yaratuvchilar uni hazil tariqasida, Bitcoin foydalanuvchilaridan kengroq auditoriyaga mo‘ljallangan kriptovalyuta sifatida ko‘rgan edilar.
Hozirda Dogecoin faol jamiyatga ega bo‘lib, deyarli barcha kripto birjalarda mavjud va turli valyutalarni qo‘llab-quvvatlovchi hamyonlarda ishlatiladi. 2021-yil boshida Dogecoin bir necha kun ichida 900 % ga ko‘tarildi. Loyiha ishlab chiquvchilari 2015-yildan beri deyarli kod yozmagan bo‘lishiga qaramay, Dogecoinning yuqori o‘sishi ularni yana ishni davom ettirishga undadi. Bu esa ushbu tokenning kelajagida yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi va yanada o‘sishni ta’minlashi mumkinligini anglatadi.